09:14 / 08.09.2015
2329

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari ayollarning biznes va siyosatdagi huquqlarini himoya qilib chiqdi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristian Lagardning fikricha, ayollarning biznes va siyosat sohasida ko‘payishi iqtisodiy o‘sishga turtki bo‘lib, iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlikka barham beradi. Uning so‘zlarini The Wall Street Journal nashri keltirdi.


“Ayollar huquqlarining kengaytirilishi nafaqat axloqiy muammo, balki iqtisodiy o‘sish masalasi hamdir. Ayol kishi jahon iqtisodiyoti uchun xavfli emas”, - dedi Lagard xonim G20 moliya vazirlari sammitidagi chiqishida.
Uning aytishicha, ayollar sonining bu sohalarda ko‘payishi tengsizlikning oldini olib, daromadning oshishi va kambag‘allikning kamayishiga olib keladi.

Uning taklifiga javoban sammi ishtirokchilari jinsiy tengsizlikni yana 25 foizga kamaytirib, keyingi 10 yil ichida butun dunyo bo‘ylab 100 mln ishchi o‘rni yaratishga va'da berishdi.

Top