05:11 / 10.09.2015
2866

Alibaba Xitoyning eng katta kompaniyasi nomini o‘zining raqibiga boy berdi

Xitoyning Alibaba Group Holding Ltd internet-riteyleri Xitoyda bozorda narxlarning qulashidan keyin 140 mlrd dollarga yaqin mablag‘ yo‘qotdi va Xitoyning eng yirik kompaniyasi nomini o‘zining raqibi Tencent Holdings Ltd. ga boy berdi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

8 sentabr Nyu-York birjasidagi savdolardan keyin Alibaba aksiyasining narxi deyarli 5 foizga tushib ketdi. Kompaniyaning bozor narxi 153 mlrd dollarni tashkil qildi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Alibaba kompaniyasi Tencent’dan ortda qoldi. Bunday pasayish Alibaba aksiyalari 2014 yil sentabrda ommaviy sotuvga chiqarilgandan beri birinchi marta qayd etildi.

Alibaba Xitoydagi yirik elektron tijorat platformalari, jumladan Taobao platformasiga egalik qiladi. Tencent Xitoyning yetakchi internet-provayderi va videoo‘yinlar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyasi hisoblanadi.

Top