11:12 / 10.09.2015
20326

Alisher Usmonov 62 yoshga to‘ldi

Kecha, 9 sentabr kuni rossiyalik biznesmen, federatsiyaning eng boy odami, asli o‘zbekistonlik Alisher Usmonov 62 yoshga to‘ldi.

Rus internetining eng yirik loyihalari – Meyl.ru, VKontakte va Odnoklassniki bugungi kunda unga tegishlidir. Aynan uning investitsiyalari tufayli Rossiyaning mahalliy ijtimoiy tarmoqlari yirik xalqaro loyihalarga aylandi.

Alisher Usmonov O‘zbekistonda dunyoga kelgan. 30 yoshi arafasida u Rossiyaga ketdi va u yerda uzoq yillar mehnat qildi. Bu mehnatning samarasi o‘laroq u bugungi kunda Rossiyaning eng boy odamiga aylandi.

Bundan tashqari, Usmonov madaniyatga va ilm-fanga homiylik qilib keladi. Londonning “Arsenal” jamoasi aksiyalari uning tomonidan xarid qilinishi esa Usmonovni sport olamida ham tanitdi.
Quyida uning faoliyati va hayoti aks etgan bir qancha suratlar bilan tanishishingiz mumkin.

1. Uning ishonchli do‘stlari bor.


2. U o‘z ishini sevadi.


3. Lekin ishdan so‘ng uyiga qaytib kelishga ham oshiqadi.


4. U shaxsiy samolyotida dunyoning istalgan burchagiga borishi mumkin.


5. U o‘z aksiyalariga egalik qiladigan "Arsenal" jamoasining o‘yinlaridan zavqlanadi.

Top