08:14 / 10.09.2015
4646

KUN.UZ dayjesti: 9 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 9 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Andijonda bir sigirdan 3ta buzoqcha tug‘ildi>>

Yakunlanayotgan haftada Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi Guliston QFY hududida joylashgan Karnaychi mahallasida istiqomat qiluvchi Olimjon Yunusovning xonadonida parvarishlanayotgan sigir birdaniga 3ta buzoqcha tug‘di.

Runi Angliya terma jamoasi safida 50-golini urib, Bobbi Charltondan o‘zib ketdi>>

Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi Yevro-2016 saralashi doirasida Shveytsariya terma jamoasiga qarshi o‘yindagi gollardan biriga mualliflik qildi.

 

Luizinada kamyob pushti delfin qayd qilindi>>

AQShning Luizina shtatida kamyob albinos delfin qayd qilindi, deb xabar beradi Newsweek. Calcasieu Charter Service kompaniyasi vakili Erik Ru bu jonivorni yana bir bor ko‘rganini ma'lum qildi.

 

Afg‘onistonlik velosipedchilar tinchlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida veloturne boshlashdi>>

2 nafar afg‘onistonlik velosipedchi tinchlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida veloturne boshlashdi. Aytilishicha, sportchilar 3ta qit'a bo‘ylab sayohat qilishadi.

 

Salvadordagi tug‘ruqxonada almashtirib qo‘yilgan go‘daklar to‘rt oydan so‘ng oilalariga qaytarildi>>

2015 yilning may oyida Britaniya fuqarosi hisoblangan Mersedes Soto oilasida Salvador poytaxtidagi xususiy tug‘ruqxonalarning birida o‘g‘il farzand dunyoga kelgan edi.

 

Gana sport vaziri terma jamoa futbolchilari ataylab yutqazmasligi uchun Ruandaga 200 ming AQSh dollari miqdorida naqd pul olib bordi>>

Manbaning yozishicha, bunga «qora yulduzlar»ning Ruandaga qarshi uchrashuv oldidan mukofot puli berilmagani uchun norozi bo‘lgan holda o‘yinni barbod qilish mumkinligi xavfi sabab bo‘lgan.

 

Apple 3D Touch boshqaruv sistemasiga ega bo‘lgan iPhone 6S va 6S Plus smartfonlarini taqdim etdi>>

Apple kompaniyasi yangi boshqaruv sistemasi bo‘lgan 3D Touch’ni qo‘llab-quvvatlaydigan iPhone 6S va 6S Plus smartfonlarini taqdim etdi.

 

Belgiyaning Gent shahri ma'muriyati shahar markazidagi yo‘llarni bog‘lar va dam olish zonalariga aylantirdi>>

Belgiyaning Gent shahri hokimiyati “Jonli ko‘cha” (Leefstraten) loyihasi doirasida shahar markazidagi avtomobillar uchun yopiq bo‘lgan bir nechta yo‘llarni bog‘lar va dam olish zonalariga aylantirdi.

 

"Barselona" "Kamp Nou" o‘yingohi nomi o‘zgartirilishi uchun 200 mln yevro olishi mumkin>>

"Barselona" o‘z uy o‘yingohi "Kamp Nou"ning nomi yaqin 10-15 yil ichida boshqa nomda bo‘lishi evaziga 200 mln yevro ishlab olmoqchi.

 

Yatsenyuk chechen urushida qatnashgani bo‘yicha tarqalgan gap-so‘zlarga izoh berdi>>

«Bu Rossiya hukumati tomonidan qilingan klinik tashxis: stalincha adolat, gebbelcha tashviqot va Vladimir Putin tomonidan tasdiqlab imzolangan ko‘rinish», deydi Yatsenyuk.

Top