17:38 / 10.09.2015
2453

Oxfam: Yevropa Ittifoqining 123 million fuqarosiga kambag‘allik tahdid solmoqda

Xalqaro Oxfam tashkiloti tomonidan bugun, 10 sentabr kuni e'lon qilingan hisobotda Yevropa Ittifoqida istiqomat qilayotgan har to‘rtinchi fuqaro kambag‘allik ostonasida ekani aytilgan. Mazkur tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Yevropa Ittifoqining 500 million fuqarosidan 123 millionining moddiy ahvoli yomonlashib bormoqda.

Xabarda qayd etilishicha, 2009-2013 yillar oralig‘ida zarur xarajatlari uchun yetarlicha mablag‘ topa olmayotgan yevropaliklar soni 7,5 mlndan 50 mln nafargacha yetgan. Ular 342 nafar milliarder yashayotgan Yevropa Ittifoqining kambag‘allik ostonasida kun kechirayotgan qariyb 123 million YeI fuqarosi hisoblanadi.

Oxfam hisobotida qit'adagi notenglik darajasi o‘z aksini topgan bo‘lib, Yevropa Ittifoqi moliya vazirlarining 11-12 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan norasmiy uchrashuvi oldidan e'lon qilindi.

Hisobotda qayd etilishicha, Bolgariya va Gretsiya ittifoqda eng yomon ko‘rsatkichlarga ega. Shuningdek, Germaniya va Portugaliyada yashovchi kishilarda ham daromadlar bilan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘rtasida notenglik kuzatilmoqda. Daromadlar notengligi Bolgariya, Latviya va Litva ham qayd etilmoqda.

Germaniya, Avstriya va Chexiyada ayollar mehnatiga to‘lanadigan maosh va xarajatlar o‘rtasidagi bo‘shliqlardan aziyat chekayotgan bo‘lsa, Latviyada ish beruvchilar va rahbarlar maoshi o‘rtasida eng katta farq ko‘zga tashlanadi.

Ma'lumot uchun, Xalqaro Oxfam tashkilotiga 1942 yilda Britaniyada Oksford universiteti tomonidan asos solingan bo‘lib, ayni paytda dunyoning 90 mamlakatida faoliyat ko‘rsatadi.

Top