02:42 / 11.09.2015
5352

KUN.UZ dayjesti: 10 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 10 sentabr kuni keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

Ramzon Qodirov o‘ziga Muhammad payg‘ambar qonlarining bir qismi bo‘lgan qon quyilganini ta'kidlamoqda>>

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) qonlarining bir qismi bo‘lgan qon quyilganini ta'kidlamoqda.

Klinton Putinning eng maftunkor jihatini aytdi>>

AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘ziga yoqadigan eng maftunkor jihatini aytdi. Bu bayonotni u Vashingtondagi Brukings nomli universitetdagi chiqishi chog‘ida berdi.

National Interest AQSh, Rossiya va XXRning eng yaxshi harbiy samolyotlarini qiyoslab ko‘rdi>>

Oxirgi paytlarda AQShning Lockheed Martin firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan F-35 qiruvchi samolyoti Rossiya va Xitoy samolyotlariga qanday qarshilik ko‘rsata olishi ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

“Al-Qoida” nishon sifatida Baffetni, Geytsni va Blumbergni tanladi>>

“Al-Qoida” terrorchi guruhi tomonidan nashr etiladigan Inspire jurnalining yangi soni huquq-tartibot organlarining xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Undan taniqli amerikalik biznesmenlarga hujum qilish chaqiruvlari o‘rin oldi.

Qodirov bosh prokuraturaning tanqidiga javob berdi>>

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida bosh prokuraturaning ayblovlariga javob berdi.

Toshkent IIBB yong‘in xavfsizligi boshqarmasi "O‘zko‘rgazmasavdo” yaqinida 18 avgust kuni ro‘y bergan yong‘in oqibatlari haqida to‘liq ma'lumot berdi>>

Kun.uz internet nashri Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Toshkent shahar IIBB yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga 18 avgust kechki payt “Beruniy” metro stansiyasi yonida joylashgan "O‘zko‘rgazmasavdo” ko‘rgazma-yarmarka markazi yonidagi ulgurji oziq-ovqat bozori hududida hamda 21 avgust kuni Bek Baraka bozorida sodir bo‘lgan yong‘in haqida batafsil ma'lumot berilishini so‘rab, murojaatnoma yo‘llagandi.

Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 1.6 barobarga qisqardi>>

Joriy yilning birinchi yarmida Rossiyadan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari o‘z yurtlariga jo‘natayotgan pul o‘tkazmalari hajmi 1.6 barobarga qisqardi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki taqdim etgan ma'lumotlarda aytildi.

Qodirov Saxalin sudining Qur'on suralarini ekstremistik deb tan olish haqidagi qaroriga apellyatsiya berdi>>

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Janubiy Saxalin sudining Qur'onning ayrim suralarini ekstremistik material deb tan olish haqidagi qaroriga apellyatsiya berdi.

Reuters Rossiya Ukraina bilan chegarasida harbiy baza qurishni boshlaganini ma'lum qildi>>

Reuters axborot agentligi Rossiya Ukraina bilan chegarasida harbiy baza qurishni boshlaganini ma'lum qildi. Agentlikning ta'kidlashicha, qurilish bo‘yicha tegishli tender Rossiya davlat xizmatlari portalida e'lon qilingan. Bazaning qurilishi haqida mahalliy vakillardan biri Aleksandr Panchenko ma'lum qildi. 


Top