14:36 / 11.09.2015
4219

Olimlar: ish vaqtini soat 10:00dan oldin boshlash qiynoq bilan barobar

Oksford universiteti olimlari ish vaqtini soat 10:00dan oldin boshlashni qiynoq bilan qiyosladilar. “Bu organizm uchun juda katta zarardir, negaki jismoniy, ruhiy va atvoriy tomonlarga ta'sir o‘tkazadi”, - dedi loyiha ishtirokchilaridan biri doktor Pol Kelli.

Tajriba sifatida olimlar bir nechta maktablardagi darslarni soat 10:00ga o‘tkazdi, shunda o‘quvchilarning davomati 10 foizga o‘sgan.
Aytilishicha, 55ga kirmagan odamlar organizmning kunlik ritmlari 9:00dan 18:00gacha davom etadigan ish vaqtiga mutlaqo mos emas. Bu esa odamning sog‘lig‘iga tahdid uyg‘otadi.
“Biz 24 soatlik ritmlarni o‘zgartira olmaymiz.

Tana quyosh nuriga moslashgan, ammos iz buni anglamaysiz, chunki quyosh to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘z orqali emas, balki gipotalamus orqali ta'sir ko‘rsatadi”, - ta'kidlab o‘tdi Kelli.
Olimlar ish tartibiga o‘zgartirish kiritib, uni insonlarning bioritmiga moslashtirishga chaqirishdi.

Top