11:59 / 14.09.2015
6168

Qozog‘istonda dollar kursi 281 tangaga yetdi

Olma-Ota shahri banklari va valyuta ayriboshlash shoxobchalarida dollar kursi rekord darajaga ko‘tarilib, 281-284 tangaga tenglashdi. Bu haqda Zakon.kz sayti xabar bermoqda.

Shu bilan birga, ertalab Qozog‘iston fond birjasida (KASE) dollarning tangaga nisbatan o‘rtacha kursi 273.55 tangani tashkil qildi, ammo kun o‘rtasiga kelib bu ko‘rsatkich 21.41 tangaga oshdi.
O‘tgan hafta dollar kursi Qozog‘istonda 242 tangani tashkil qilayotgan edi.

Top