09:54 / 15.09.2015
11092

Jahon banki eng yirik zaxira fondlari reytingini e'lon qildi

Jahon banki e'lon qilgan uzoq istiqbolli kreditlashga bag‘ishlangan yangi hisobotda dunyoning eng yirik zaxira fondlari reytingi keltirildi. Reyting 2014 yil yakunlariga ko‘ra tuzildi.

Unda birinchi o‘ringa Norvegiya zaxira fondi qo‘yildi – uning davlat pensiya fondi 2014 yil yakunlariga ko‘ra 878 mlrd dollarlik aktivlarga ega edi. Ammo Xitoyning to‘rt fondi aktivlarini birlashtirsa, 1.65 trln dollar bo‘ladi. Ulardan eng yirigi - China Investment Corporation 575 mlrd dollarga ega. Shu bois Norvegiya fondi ikkinchi o‘ringa qo‘yildi.
Uchinchi o‘rinda BAAning ikki fondi turibdi (Abu Dhabi Investment Authorities), ularning umumiy boyligi 863 mldr dollarei tashkil qilmoqda. Saudiya Arabistoni biroz ortda qolmoqda — uning SAMA Foreign Holdings fondida 737.6 mlrd dollarlik aktivlar borligi aniqlandi.

Singapurning Government of Singapore Investment va Temasek Holdings fondlari esa umumiy hisobda 494 mlrd dollarlik zaxiraga ega.
Rossiya milliy farovonlik va zaxira fondlari 174.5 mlrd dollar bilan reytingning 15-pog‘onasidan o‘rin oldi.

Top