14:33 / 16.09.2015
4105

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonga makroiqtisodiy ma'lumotlar ochiqligini ta'minlashni tavsiya qildi

31 avgust kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijroiya kengashi O‘zbekiston bilan an'anaviy muzokaralarning bu yillik sessiyasini yakuniga yetkazdi. Muzokaralar jamg‘arma bilan kelishuvning VI moddasiga muvofiq har yili o‘tkaziladi. Ijroiya kengashining bahosi tashkilot saytida maxsus hisobot shaklida e'lon qilindi.

“Mamlakat iqtisodiyoti barqarorlikni saqlamoqda, - deyiladi hujjatda. – 2014 yildagi o‘sishning yuqori sur'atlaridan so‘ng 2015 yilning birinchi choragida real YaIM 7.5 foizga oshdi. Ayni paytga qadar davlatning faol investitsiyalari iqtisodiyotni sekinlashishdan asradi, bu holat mintaqaning boshqa davlatlarida kuzatilmoqda. Mamlakatning tashqi iqtisodiy ahvoli mustahkamligicha qolmoqda, 2015 aprelining oxiriga qadar inflyatsiya kutilganidan 9 foizga qisqardi”.

Shu bilan birga, murakkab tashqi iqtisodiy vaziyat va energiya tashuvchilar narxlarining tushishi, asosiy savdo hamkorlarining iqtisodiy o‘sishida sekinlashuv O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy sektoriga ta'sir o‘tkazmoqda. Ayniqsa gaz sohasi va mashina eksporti salbiy natijalar ko‘rsatdi.
Rossiyadan pul o‘tkazmalari 2014 yilda 14 foizga, 2015 yil birinchi choragida 45 foizga qisqardi.

Jamg‘arma mutaxassislari makroiqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlarning ochiqligini ta'minlashni yanada yaxshilashning muhim o‘rin tutishini alohida ta'kidlab o‘tishdi. Shu bilan bog‘liq ravishda ular O‘zbekistonni Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma'lumotlar tarqatish umumiy tizimiga qo‘shilishga chaqirdi.

Top