19:34 / 23.09.2015
3152

Yelizaveta II qarorgohini 132 mln dollarga ijaraga berdi

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II boshqaruvida bo‘lgan Crown Estate kompaniyasi Kensington Gardenzdagi qirollik qarorgohini 132 mln dollarga sotdi. Bloomberg agentligining ma'lum qilishicha, shartnomaga ko‘ra bino 125 yil muddatga ijaraga taqdim etildi.

Qirollik ko‘chmas mulkiga o‘z ism-sharifini sir saqlashni istagan ikki kishi egalik qila boshladi.

Mazkur bino joylashgan ko‘cha shahardagi eng qimmat yo‘llardan biri bo‘lib, “milliarder ko‘chasi” nomi bilan mashhur.

Crown Estate kompaniyasiga 1760 yilda asos solingan bo‘lib, uning daromadi Britaniya xazinasiga tushadi va o‘z navbatida, qirollik oilasiga ma'lum foizi ajratiladi.

Top