18:12 / 23.09.2015
5751

Erdo‘g‘an: muhojirlar bilan bog‘liq vaziyat uchun butun insoniyat uyalishi kerak

Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda uning oqibatida yuz minglab odamlarning Yevropaga qochishi uchun butun insoniyat uyalmog‘i lozim. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Moskva jome masjidining ochilish marosimida aytib o‘tdi.

“Suriya, Iroq, Misr va Liviya – qo‘shnilarimiz bo‘lgan mamlakatlardan qochqinlar tinchlik topish ilinjida Yevropaga yo‘l olishdi”, - dedi u.

“Biz chuqur qayg‘uga botganmiz, negaki odamlar o‘z huquqlaridan mahrum bo‘layotganini, o‘z ildizlari va yerini saqlab qola olmayotgani, hatto asosiy huquqi – yashash huquqidan mahrum qilinayotganini ko‘rish og‘irdir, - qo‘shimcha qilda Turkiya yetakchisi. – O‘rta Yer dengizi sohillarida ro‘y berayotgan voqealar butun insoniyat vijdonidadir. Buning uchun butun insoniyat uyalishi kerak”.

Top