13:20 / 23.09.2015
2378

Tojikistonda Facebook, Odnoklassniki va YouTube xizmatlari yana ochib qo‘yildi

Tojikistonning internet provayderlari Facebook, Odnoklassniki va YouTube servislariga kirish imkoniyatini yana ochib qo‘ydi, deb xabar beradi AsiaPlus nashri.

Bir muddat ilgari mamlakatda internet resurslariga kirish, shuningdek, SMS-xizmatlardan foydalanish vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan edi. Bu ish saylov oldidan destruktiv guruhlar o‘zaro harakatlarini muvofiqlashtirishiga hamda internetda targ‘ibot yuritishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun amalga oshirilgani aytilgan edi.

Oradan ikki oy o‘tib ma'lum qilinishicha, ayni paytda tojikistonliklar ushbu xizmatlardan bemalol foydalanishi mumkin.

Top