15:55 / 24.09.2015
2472

2014 yilda MDH hududidagi terrorchilik jinoyatlari soni ikki barobarga oshdi

2014 yil yakunlariga ko‘ra MDH davlatlari hududida sodir etilgan terrorchilik jinoyatlari soni ikki barobarga oshgan. Bu haqda MDH aksilteror markazi rahbari politsiya general-polkovnigi Andrey Novikov bayonot berdi.
Novikov Belgoroddagi “Yoshlarni terrorchi va ekstremistik tashkilotlari faoliyatiga jalb qilinishi” mavzuidagi xalqaro konferensiyadagi chiqishi chog‘ida ushbu ma'lumotlarni keltirdi.
Uning ta'kidlashicha, hisobot davrida 1 515 terrorchilik bilan bog‘liq jinoyatlar kuzatilgan. Bu 2013 yil ko‘rsatkichlaridan qariyb ikki barobar ko‘proqdir.

Top