00:38 / 24.09.2015
4513

Rossiyaning davlat qarzi uch yil ichida 2 barobarga oshdi

Rossiyaning davlat qarzi 2012-2014 yillar mobaynida 92 foizga oshdi. Bu haqda Rossiya Hisob palatasi raisi Tatyana Golikova ma'lum qildi. Qarz o‘sishining asosiy qismi – 36,4 foiz o‘tgan yilga to‘g‘ri keldi. Hisob palatasining baholashicha, bunga Omonotlarni sug‘urtalash agentligi uchun trillion rubllik federal qarzning jalb qilinishi sabab bo‘ldi.

Qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari oxirgi uch yil ichida 58 foizga, ya'ni yiliga 415,6 mlrd rublga o‘sdi.

Rossiya Moliya vazirligining 2015 yilning 1 sentabr holati bo‘yicha bergan ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning ichki qarzi 7 trln rublni tashkil qilmoqda, bu Rossiya yalpi ichki mahsulotining 10 foizini tashkil qiladi. Tashqi qarz 51,3 mlrd dollarni, ya'ni 3,4 trln rublni tashkil qilmoqda.

Top