19:37 / 24.09.2015
3602

The New York: Obama Putin bilan uchrashishga moyillik bildirmoqda

The New York nashrining AQSh hukumat doiralariga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga qarshi chiqqan AQSh prezidenti Barak Obama ushbu masala bo‘yicha o‘z munosabatini o‘zgartirdi. Obamaning fikricha, BMT Bosh assambleyasi sessiyasi Ukraina sharqidagi o‘t ochishni tugatish tartibini davom ettirishni talab qilish, Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishning ayni vaqtidir.

Uchrashuv kelayotgan dushanba, 28 sentabrda yoki 29 sentabrda bo‘lib o‘tishi mumkin, biroq tomonlar ikki yetakchini qoniqtirishi mumkin bo‘lgan vaqtni belgilay olishmayapti.

Oq uy rasman uchrashuv bo‘lishi ehtimoliga izoh bermayapti, biroq nashr manbalarining fikricha, Vashington ma'muriyatida uchrashuv bo‘lib o‘tishiga moyillik bildirilmoqda.

Top