15:28 / 08.10.2015
7579

Kaspiy flotiliyasi raketalarining Suriyaga uchirilishi qayd qilingan video 2,8 mln marta tomosha qilindi

Kaspiy dengizidagi harbiy kemalardan Rossiya qanotli raketalarining IShID obektlari tomonga uchirilishi tasvirlangan video qariyb 2,8 million martaba tomosha qilindi. Rolik 7 oktabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligining YouTube videoxostingidagi rasmiy kanalida e'lon qilingan edi.

Rolikda Kaspiy dengizida joylashgan Rossiya dengiz flotining bir qator kemalaridan raketalar uchirilishi jarayoni namoyish etilgan edi. Shuningdek, kompyuter grafikasi yordamida snaryadlarning uchish trayektoriyasi ham vizuallashtirilgandi.
Videoyozuvga qoldirilgan izohda yuqori aniqlikdagi “Kalibr NK” kompleksidan o‘t ochilgani aytilgan. Raketalar muvaffaqiyatli va “yuqori aniqlikda” belgilangan barcha nishonlarni yo‘q qilgani ham xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 7 oktabr kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Kaspiy dengizi havzasida joylashgan 4ta Rossiya harbiy kemasidan Suriyadagi IShID nishonlariga qarata 26ta raketa uchirilganini ma'lum qilgan edi.

Top