08:25 / 08.10.2015
14642

Ravon mashinalariga bag‘ishlangan birinchi videorolik chiqdi

Rossiya telekanallari orqali yangi Ravon brendidagi avtomobillar reklama qilinmoqda. Dastlabki videorolik allaqachon internetga joylashtirildi.

Rossiyalik jurnalistlarning yozishicha, General Motors Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni aylanib o‘tish uchun bunday rebrendingga qo‘l urdi. Endi u Rossiyadagi ishlab chiqarishini yopib, O‘zbekistondan yetkaziladigan mashinalar oqimini yanada kuchaytirish kutilmoqda.

Rossiyada General Motors’ning mashinalari Daewoo brendi ostida sotilayotgan kamdan-kam mamlakatlardan biri edi. Endilikda bu brend bozordan to‘liq chiqib ketadi.

Top