09:01 / 09.10.2015
5216

Davlat departamenti: AQSh Suriya sababli Rossiya bilan ixtilofga borishni istamaydi

AQSh Rossiya bilan Suriya kelajagi sababli mojarolarga borishni xohlamaydi, deya ma'lum qildi Davlat departamenti vakili Jon Kirbi brifing chog‘ida. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qildi.

AQSh va Rossiya tashqi siyosat muassasalari rahbarlari 8 oktabr kuni telefon orqali Suriya va Ukrainadagi hodisalarni muhokama qilishdi.
“Suriya kelajagi sababli to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita Rossiya bilan mojaroga borishni hech kim istamaydi. Shuning uchun davlat kotibi siyosiy yo‘l bilan borishga harakat qilayapti va shuning uchun Tashqi ishlar vaziri Lavrov bilan muloqot o‘rnatishni qo‘llab-quvvatlaydi”, - dedi Kirbi.

Bundan avvalroq esa Oq uyning rasmiy vakili Josh Ernest Suriyadagi vaziyat AQSh va Rossiya o‘rtasida keng ko‘lamli qarama-qarshiliklarga olib bormasligini aytib o‘tgan edi.

Top