08:29 / 12.10.2015
3682

Germaniya va Polsha terma jamoalari Yevropa chempionatiga yo‘l oldi

Yevropa chempionati saralash bahslari doirasida yana ikki terma jamoa yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

D guruhida Germaniya terma jamoasi 11 oktabr kuni o‘tkazilgan so‘nggi turda Gruziya ustidan 2:1 hisobida g‘alabaga erishib, 2016 yili Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Terma jamoa 10 tur davomida 22 ochko ishladi. To‘plar nisbati 24-9.

Shu guruhning ikkinchi vakili Polsha terma jamoasi ham Irlandiya ustidan aynan shunday hisobda g‘alabaga erishgan. To‘plar nisbati 33-10 va bu turnirdagi eng yaxshi ko‘rsatkich.

Guruhda uchinchi o‘rinni egallagan irlandiyaliklar pley off bahslarida ishtirok etadi.

YeCh saralashi
Germaniya – Gruziya 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 50, penalti Myuller, 1:1 – 53 Kankava, 2:1 – 79 Kruze.
Germaniya – Noyyer, Boateng, Xektor, Ginter, Xummels, Shyurrle (Kruze, 76), Kroos, Ozil, Gyundogan, Roys (Belarabi, 90), Myuller.
Gruziya – Revishvili, Amisulashvili, Kashiya, Navalovskiy, Kverkveliya, Okriashvili, Kankava, Kazaishvili (Kobaxidze, 90), Kvekveskiri (Xizanishvili, 78), Lobjanidze, Gelashvili (Vatsadze, 46).
Ogohlantirishlar: Navalovskiy (33), Revishvili (49), Okriashvili (71), Xummels (90).

Polsha – Irlandiya 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 13 Krixovyak, 1:1 – 16, penalti Uolters, 2:1 – 42 Levandovski.
Polsha – Fabianski, Pishchek, Vavjinyak, Glik, Olkovski (Blashchikovski, 63), Monchinski (Shukala, 78), Linetti, Grositski (Peshko, 85), Krixovyak, Pazdan, Levandovski.
Irlandiya – Rendolf, O′Shi, Koulmen, Kio, Makkleyn (Xulaxan, 73), Breydi, Xendrik, Makkarti, Uelan (Makgidi, 58), Long (Kin, 55), Uolters.
Ogohlantirishlar: O′Shi (18), Uelan (45), Glik (74), Peshko (87), Uolters (90).
Chetlatish: O′Shi (90).

Guruhning uchinchi uchrashuvida shotlandlar Gibraltardan 6:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan qaytishdi.

Gibraltar – Shotlandiya 0:6 (0:2, 0:4)
Gollar: 0:1 – 24 Martin, 0:2 – 39 Melouni, 0:3 – 52 Fletcher, 0:4 – 56 Fletcher, 0:5 – 85 Fletcher, 0:6 – 90 Neysmit.
Gibraltar – Robba, Kassiaro, Chipolina, Chipolina, Barnett, Duarte (Peres, 57), Bardon, Kassiaro (Youm, 89), Uoker, Garsiya, Kassiaro (Duarte, 82).
Shotlandiya – Makgregor, Berra, Robertson, Xatton, Grir, Ritchi (Rassell, 64), Dorrans, Braun (Fletcher, 63), Melouni, Martin (Neysmit, 76), Fletcher.

Top