20:10 / 23.10.2015
9230

KUN.UZ dayjesti: 23 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 23 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Putin AQShning hamkorlariga munosabatini vassallarga bo‘lgan munosabatga qiyosladi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro klubi sessiyasidagi nutqi davomida AQSh sanksiyalaridan Yevropa kompaniyalari ham jabr ko‘rayotgani va AQShning o‘z hamkorlariga munosabatini vassallarga bo‘lgan munosabatga qiyosladi.

Putin islom va jangarilarning yolg‘oni o‘rtasida chegara tortishga chaqirdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro klubi sessiyasidagi nutqida islom va jangarilar yolg‘oni o‘rtasida aniq chegara bo‘lishi zarurligini aytdi.

Rossiya bosh shtabi: Suriyadagi jangarilar yangi jangarilar qochishining oldini olish maqsadida maxsus otryadlarni yaratmoqda>>

Suriyadagi jangarilar terrorchilik guruhlari safiga safarbar qilingan o‘smirlarning qochib ketishiga to‘sqinlik qilish maqsadida maxsus to‘suvchi otryadlarni yaratmoqda, deb aytdi Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i general-polkovnik Andrey Kartapolov. Bu haqda Mudofaa vazirligining matbuot-bayonotida ma'lum qilindi.

CNN: IShID bilan bo‘lgan jangda AQSh ilk marta qurbon berdi>>

Amerikalik harbiy Iroqdagi asirlari qutqarish operatsiyasi chog‘ida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN.

AQSh Asadning kurdlar bilan birlashishiga qarshi>>

AQSh hukumati Suriya hukumat qo‘shinlarining kurdlar bilan birlashib IShIDga qarshi kurashishiga qarshi chiqdi. Bu haqda Davlat Departamentining rasmiy vakili Mark Toner ma'lumot berdi.

Bishkekda terrorchini yo‘q qilish bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus operatsiyada ikki nafar fuqaro va maxsus xizmat xodimi halok bo‘ldi>>

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda qamoqdan qochgan terrorchini yo‘q qilish bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida ikki nafar fuqaro va Qirg‘iziston IIV tezkor javob berish maxsus otryadi (SOBR) jangchisi halok bo‘ldi. 

XXR raisi Britaniyaga tashrifi doirasida “Manchester Siti” jamoasi bazasiga tashrif buyurdi>>

Xitoy xalq Respublikasi prezidenti Si Tszinping bugun Angliyaning «Manchester Siti» klubi qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda «shaharliklar» rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Malayziyaning ko‘pchilik shtatlarida yong‘in oqibatlari tufayli yopib qo‘yilgan maktablar yana ochildi>>

Malayziyaning ko‘pchilik shtatlarida qo‘shni Indoneziyadagi o‘rmon yong‘inlaridan tarqalayotgan tutunlar tufayli ekologik vaziyatning yomonlashishi sababli bir hafta oldin yopib qo‘yilgan maktablar yana ochildi. Biroq, mamlakat ta'lim vazirligining ma'lum qilishicha, ba'zi shtatlarda ta'lim muassasalari hali ham ishlamayapti.  

Meksika qirg‘oqlari yaqinida "Patrisiya" dovuli tufayli xavfli holat yuzaga keldi>>

Meksikaning janubi-g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinida "Patrisiya" dovuli tufayli xavflilikning beshinchi darajasi e'lon qilindi. Bu haqda AQSh dovullar bo‘yicha milliy markazi tvitteri orqali xabar berilgan.

Arab davlatlari BMT XKdan Falastinni xalqaro himoya ostiga olishni so‘radi>>

Arab davlatlari BMT Xavfsizlik kengashidan Falastinni Isroil okkupatsiyasidan himoya qilishga qaratilgan choralarni ko‘rishni so‘radi. 

Putin: Agar IShID jangarilari Damashq va Bag‘dodni qo‘lga olishsa ular rasmiy hukumatga aylanishardi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro klubida chiqishi paytida shuni ma'lum qilib o‘tdiki, agar “Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik tashkiloti Damashq va Bag‘dodni qo‘lga olishsa, ular rasmiy hukumat maqomini olishar edi.

OAV rasmiy Vashingtonning Suriyadagi harbiy kontingentini kengaytirmoqchiligidan xabar topdi>>

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati Suriyada uchishlardan xoli hudud yaratishni va bu mamlakatdagi harbiy kontingenti miqdorini oshirish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Oq uydagi manbasiga asoslanib, The New York Times nashri xabar bergan.

Fransiyada pensionerlar ketayotgan avtobus YTHga uchrab, 49 kishi halok bo‘ldi>>

Bugun, 23 oktabr kuni tongida Fransiyaning janubi-g‘arbidagi Akvitaniya viloyati, Jironda departamentining Pyuissigen shahrida halokatli yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi.

Irish Times: Merkel YeIni qochqinlar uchun javobgarlikni bo‘lishishga chaqirmoqda>>

22 oktabr kuni Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa Ittifoqi davlatlari yetakchilarini qochqinlar masalasida javobgarlikni bo‘lishib olishga chaqirdi, deya yozmoqda The Irish Times nashri.

Nigeriyada masjidda sodir etilgan portlashdan 10 kishi halok bo‘ldi>>

Nigeriyada eng kamida 10 kishi xudkush terrorchining qurboniga aylandi, deya xabar berdi Reuters. Mamlakat shimoli-sharqidagi Borno federal shtatida joylashgan masjidda ro‘y bergan portlash vaqtida 11 kishi jarohat oldi.

The New York Times Suriyaga harbiy kuchlarni safarbar etish borasida Vashingtonning rejasidan boxabar bo‘ldi>>

AQSh prezdenti Barak Obama ma'muriyati Suriya chegarasi yaqinida harbiy safarbarlik uchun uchish-qo‘nish zonasini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The New York Times nashri Oq uydagi manba ma'lumotiga asoslanib xabar bermoqda.

Suriya harbiy kuchlari zarbalari natijasida 45 nafar IShID jangarisi yo‘q qilindi>>

Suriyaning Xama provinsiyasida IShID avtokolonnasiga berilgan zarbalar natijasida 45 nafar terrorchi yo‘q qilindi, deya xabar qildi RIA “Novosti” agentligi Suriya qurolli kuchlari vakili Ali Mayxuba ma'lumotiga asoslangan holda.

Rossiya kompaniyasi 6 mlrd dollarga 2019 yilgacha Qozog‘iston-Rossiya-Belarus avtotrassasini qurib bitkazadi>>

Rossiyaning “Russkaya Xoldingovaya Kompaniya” YoAJ Pekinda Qozog‘iston-Rossiya-Belarus pullik avtotrassasining loyihasini namoyish qildi. Pekinda bo‘lib o‘tayotgan Xorijiy investitsiyalar Xitoy yarmarkasida (COIFAIR-2015) kompaniyaning direktorlar kengashi a'zosi Mariya Vinnichenko TASS axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda yo‘l 2019 yilda foydalanishga topshirilishini ma'lum qildi.

Medvedev Bashar Asadning xotirjam ekanini ma'lum qildi>>

Suriya prezidenti Bashar Asad Moskvaga uyushtirgan so‘nggi safari chog‘ida o‘zini besh yil avvalgidek xotirjam tutdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev o‘z feysbukida yozdi.

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti 5 yildan buyon birinchi marta jamoatchilik oldiga chiqdi>>

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyev 5 yil ichida birinchi marta jamoatchilikka ko‘rinish berdi.

Qozog‘istonlik chegarachilar 121 nafar o‘zbekistonlik noqonuniy muhojirni qo‘lga olishdi>>

22 oktabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida o‘tkazilgan reyd davomida Qozog‘iston migratsiya qonunchiligini buzgan 121 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston Chegara xizmati matbuot xizmati ma'lum qildi.

Britaniya razvedkasining Suriya inqiroziga SSSR reaksiyasi aks etgan bashoratlari oshkor etildi>>

Britaniya razvedkasi deyarli 60 yil muqaddam G‘arbning Damashqdagi hokimiyatni o‘zgartirishga intilishiga javoban SSSR Suriyaga kirishini bashorat qilgan ekan. Bu haqdagi hujjatlar, The Financial Times nashrining yozishicha, maxsus xizmatlar tomonidan yaqindagina oshkor qilingan.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonning gaz eksportida Rossiyadan Xitoyga yuzlanayotganini aytdi>>

Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2016 yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi bashoratlarini 7 foiz darajasida saqlab qoldi. Shuningdek, u O‘zbekiston gaz eksportida muvaffaqiyatli ravishda Rossiyadan XXRga “yuzlangani” ta'kidlandi.

Ravon avtomobillari narxi e'lon qilindi>>

8 oktabr kuni Moskvada GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan yangi Ravon brendi avtomobillarining narxlari e'lon qilindi. Bu haqda «Carzone.uz» ma'lum qildi.

Top