19:37 / 28.10.2015
6070

KUN.UZ dayjesti: 28 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 28 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Jon Kerri ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyuradi>>

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri oktabr oyining oxiri, noyabr oyining boshlarida Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekistonga safar qiladi. Bu haqda AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbi ma'lum qildi.

O‘zbekistonda «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi tashkil etiladi>>

O‘zbekistonda paxta xomashyosini qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tashkil etiladi. Bu haqda 27 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi.

O‘zbekiston Doing Business reytingida 16 pog‘onaga ko‘tarildi>>

O‘zbekiston Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining yangi “Biznes yuritish 2016” (Doing Business) reytingida 2014 yildagi 103-o‘rindan 2015 yilda 87-o‘ringa, ya'ni 16 pog‘onaga ko‘tarildi.

2015 yilning 9 oyida Namangan viloyatida YaHM o‘sishi 9,2 foizni tashkil etdi>>

Namanganda 2015 yilning to‘qqiz oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

2015 yilning 9 oyida Samarqandda YaHM hajmi 9,2 trln so‘mni tashkil qildi>>

Samarqandda 2015 yilning to‘qqiz oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va eng muhim ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘istonda 2015 yilda 159 km ichimlik suvi tarmoqlari foydalanishga topshirildi>>

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2015 yilning o‘tgan 9 oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yakunlari va galdagi vazifalar atroflicha muhokama etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Dushanbedagi MDH davlatlari bosh vazirlari kengashiga yuboriladigan delegatsiya tarkibi borasida hali bir to‘xtamga kelmadilar>>

Tojikiston prezidenti 30 oktabrda MDH davlatlari hukumatlar rahbarlari kengashi ishtirokchilarini qabul qiladi va ular oldida nutq so‘zlaydi, deb xabar berdi Tojikiston hukumatidagi manba.

Xalq bankining «Omad kulganda» lotereyasi natijalari ma'lum qilindi>>

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining «Omad kulganda» tirajli, pul–buyum yutuqli lotereyasining yutuqlar tiraji 2015 yil 24-25 oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xalq banki Axborot markazi Kun.uz saytiga xabar qildi.

O‘zbekistonda aksilterrorchilik spektali namoyish etildi>>

Hamid Olimjon nomidagi Samarqand davlat drama va musiqa teatri ijodiy jamoasi “Razolat qurbonlari” nomli navbatdan tashqari spektaklni muxlislarga taqdim etdi.

Qoraqalpog‘istonda sement zavodi qurilishi ishlari yakunlandi>>

Qoraqalpog‘istonda 19 mln dollar evaziga (17 milliarda so‘m) navbatdagi yirik loyiha amalga oshirildi.

“O‘zbekneftgaz” Qashqadaryo viloyatidagi gaz konini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihani yakunladi>>

“O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi Qashqadaryo viloyatidagi “Qo‘ltoq” gaz konini modernitsaziyalash bo‘yicha loyihani o‘z yakuniga yetkazdi. Bu haqda 27 oktabrda chop etilgan O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligi materiallarida ma'lum qilindi.

Oksana Chusovitina yettinchi marta Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmoqchi>>

Sport gimnastikasi bo‘yicha ikki karra jahon chempioni o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tgan JCh-2015dagi o‘zining ishtirokidan qoniqish hosil qildi. Mazkur musobaqa unga Rio-2016 olimpiadasida ishtirok etish uchun muhim qadam vazifasini o‘tab berdi, deb yozadi TASS.

Tohir Malikning "Ajab dunyo" nomli yangi kitobi nashrdan chiqdi>>

“Yangi kitob” nashriyoti O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning “Ajab dunyo” kitobini nashr qildi. Mazkur to‘plamdan adibning yangi qissalari va hikoyalari o‘rin olgan. 
Shuningdek, kitobda arab adibi Mahmud Abdulmalik Iydning Tohir Malik ijodiga bag‘ishlab yozgan maqolasi o‘rin olgan.

Top