16:23 / 30.10.2015
3015

Benin O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

2015 yilning 30 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Benin Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Aniset Gabriel Kachofani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Benin aloqalarini ikki tomonlama formatda rivojlantirish hamda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Top