11:31 / 30.10.2015
4364

Qozog‘iston Ostona qurilganidan buyon shaharga 100 mlrd dollar investitsiya kiritdi

Ostona shahri poytaxtga aylantirilib, qayta qurilganidan buyon unga 100 mlrd dollar investitsiya kiritildi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimovning rasmiy sayti orqali xabar qilindi.

Shahar hokimi Odilbek Jaqsibekov Astana Invest 2015 IV Xalqaro investitsion forumida ta'kidlab o‘tganidek, shu davr ichida shaharda 16 mln kv m uy-joy iste'molga kiritildi. Ostona shahri aholisi 3 barobarga, mintaqaviy yalpi mahsulot hajmi 65 barobarga, ishlab chiqarish hajmi 17 barobarga ko‘paydi.

Shu bilan birga, shahar rahbari hali investitsiya kiritish uchun sohalar ko‘pligini va bu yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilishini ta'kidlab o‘tdi.

Top