16:11 / 31.10.2015
3295

Amnon Koen: O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari talablarini izchillik bilan amalga oshirmoqda

Xorijiy mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonda bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samarali va aniq natijalarga yo‘natirilgani aytilmoqda.
Isroil parlamenti (Knesset)ning sobiq deputati Amnon Koen “Jahon” axborot agentligi uchun bergan intervyusida mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonda erishilgan natijalarga o‘z bahosini berdi.

“Ishonch bilan ayta olamanki, O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi konvensiyalari shartlariga izchil amal qilmoqda. Buni ekspertlar ham, xalqaro tashkilotlar vakillari ham tasdiqlashmoqda.

Mening kuzatuvlarimga ko‘ra, mazkur konvensiyalarni amaliyotga joriy etish uchun O‘zbekiston hukumati 2009 yilda bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha milliy dasturini ishlab chiqdi. Mazkur islohotlarning mantiqiy davomi sifatida XMT vakillari ishtirokida milliy monitoring guruhi shakllantirildi. Qayd etish zarurki, xalqaro tashkilot mutaxassislari tomonidan 2013-2014 yillarda o‘tkazilgan monitoring natijalari asosida ishlab chiqilgan hisobotda O‘zbekistonda bolalar mehnatidan foydalanilmayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Bu respublikaning XMT konvensiyalariga rioya qilish tarafdori ekanini tasdiqlaydi.

Shu bilan birga, mamlakatda Bolalar mehnati masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash singari mexanizmlar faol ish olib bormoqda. Mazkur tuzilmalarning asosiy vazifasi bolalar mehnatining eng yomon shakllariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirishdan iborat”.

Top