15:56 / 01.11.2015
3460

O‘zbekistonlik temiryo‘lchilar Turkmanistonga vagonlarni ta'mirlab bermoqda

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va Turkmaniston temir yo‘l transporti vazirligi o‘rtasida Turkmanistonga tegishli vagonlarni ta'mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha memorandum imzolangan.

Ushbu hujjatga ko‘ra, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan Turkmanistonda harakatlanayotgan barcha poyezdlarning vagonlariga xizmat ko‘rsatilishi belgilab olingan.

Ma'lum qilinishicha, Turkmanistonga O‘zbekistonda ta'mirdan chiqarilgan vagonlarning ilk to‘plami (20ta vagon) yetkazib berilgan.

Qayd etish kerakki, tegishli memorandum shu yilning 8 oktabrida Turkmaniston prezidentining Toshkentga tashrifi vaqtida imzolangan.

Top