17:09 / 03.11.2015
3792

Jizzaxda yangi ochilgan Akvapark suv bilan ta'minlanmagan

Jizzax shahrida aholining madaniy hayotini ta'minlab beradigan maqbul infratuzilmalar mavjud emas, deb hisoblamoqda 2016-2024 yillarda mazkur shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqqan mutaxassislar.

“Mavjud istirohat bog‘lari rejalashtirish sifatining pastligidan aziyat chekmoqda, yaqinda foydalanishga topishirilgan akvaparkda esa suv mutlaqo mavjud emas. Aksariyat kinoteatrlar faoliyat ko‘rsatmayapti”, - deya tasdiqlamoqda hujjatni ishlab chiqqanlar.

Jizzax viloyati hokimiyati ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda Jizzax shahrida 2 teatr, 2ta kinozal, 3ta istirohat bog‘i, 1 muzey, ko‘zi ojizlar uchun 1 kutubxona va 1ta klub faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, shaharda 256ta sport obekti mavjud bo‘lib, ularning 37tasi basketbol, 57tasi voleybol, 33tasi futbol maydonlari hisoblanadi.

47ta yopiq sport inshooti, 2ta futbol stadioni va 4ta suzish havzasi, 1 manej, 15ta tennis korti hamda 2ta gimnastika zali ishlab turibdi.
47,2 foiz maktab yoshidagi bolalar turli sport mashg‘ulotlarida qatnashmoqda.

manba 12news.uz

Top