09:23 / 05.11.2015
2044

O‘zbekiston TIVda Filippin elchisi bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalar muhokama qilindi

2015 yilning 4 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Filippin Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Eduardo Martin R.Menez (qarorgohi Tehron shahrida) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Filippin hamkorligini, avvalo savdo-iqtisodiy sohada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

5 noyabr kuni ochiladigan Xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan elchi O‘zbekistonning ishbilarmon doiralari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashdan Filippin biznesining manfaatdor ekanligini qayd etdi.

Ta'kidlanganidek, mamlakatlar ikki tomonlama tovar aylanmasini oshirish, savdoni diversifikatsiya qilish hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ulkan foydalanilmagan salohiyatga ega.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Top