18:12 / 06.11.2015
2371

Toshkentda MDH temir yo‘l transporti kengashi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda MDHga a'zo davlatlar temir yo‘l transporti kengashining 63-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Jahon” agentligi xabar bermoqda.

Tadbirda temir yo‘l sohasini rivojlantirish bo‘yicha qator masalalar ko‘p tomonlama va ikki tomonlama formatlarda muhokama qilindi. Tadbir yakunlariga ko‘ra yig‘ilish bayonnomasi imzolandi.

Shuningdek, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Estoniya temir yo‘l ma'muriyati vakillari atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik borasida shartnoma imzolashdi.

Top