19:39 / 08.11.2015
15404

KUN.UZ dayjesti: haftaning eng asosiy xabarlari. O‘zbekiston (2-8 noyabr)

Hurmatli o‘quvchilar! Yurtimizda xafta davomida (2-8 noyabr) sodir bo‘lgan xabarlar xronikasini e'tiboringizga takroran havola etamiz.

O‘zbekiston tadbirkorlik faoliyatini yuritish bo‘yicha dunyo mamlakatlari o‘ntaligiga kirdi>>

O‘zbekiston 189 mamlakat o‘rtasida 87-o‘ringa ko‘tarilib, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish bo‘yicha yetakchi davlatlar o‘nligiga kirdi. So‘nggi yillarda mamlakatimiz tadbirkorlik muhitida 10 indikatorning 3tasi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. 

O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlari targ‘iboti uchun javobgarlik joriy qilinadi>>

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.

“O‘zbekenergo” AJ Call-markaz xizmatini ishga tushirdi>>

“O‘zbekenergo” AJ 2015 yil 2 noyabrdan O‘zbekiston energiya tizimining Call-markaz xizmati ishga tushirilganini e'lon qildi. 

Namanganda “O‘zbekiston islom harakati” targ‘ibotchilari ustidan sud yakunlandi>>

Namangan viloyat sudi “O‘zbekiston islom harakati” ekstremistik guruhining 4 nafar a'zosining ishini ko‘rib chiqishni yakunladi. Bu haqda “Diyonat” gazetasi xabar bermoqda.

Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi bosh kotibi Toshkentga keldi>>

2 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Italiya Respublikasining Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi bosh kotibi Mikele Valensizeni qabul qildi.

O‘zbekiston dunyoning ravnaq topayotgan davlatlari reytingida 57-o‘rinni saqlab qoldi>>

O‘zbekiston Legatum Institute tomonidan tuzib boriladigan dunyoning farovon davlatlari reytingida 57-o‘rinni saqlab qoldi.

“O‘zbekko‘mir” AJ: Ko‘mir ta'minotida muammo bo‘lmaydi>>

O‘zbekiston prezidentining joriy yilning 7 iyuldagi Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy tarmoqlarini 2015-2016 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta'minlash kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida Farg‘ona viloyatida ham kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

2015 yilning uch choragida 45ta yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishi ochildi>>

Avtomobil va daryo transporti agentligining ma'lum qilishicha, ularning deyarli barchasi ochiq tender savdolari orqali joylashtirildi.

O‘zbekistonda 2016 yil uchun ish vaqti hisoblab chiqildi>>

O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ish jarayonida foydalanish uchun yillik ish vaqti fondi hisobi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi.

Navoiyliklar 2015-2016 yil kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bo‘lmasligidan ogohlantirildi>>

Feysbukdagi “Jamoatchilik nazorati” guruhiga foydalanuvchilardan biri Navoiyda fuqarolarga kelgan bildirishnoma suratini joylashtirdi. 

O‘zbekiston vakillari Dohadagi yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida 4ta medalni qo‘lga kiritishdi>>

Musobaqaning so‘nggi kuni o‘zbekistonlik paralimpiya sportchilari yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida 4x100m estafeta bahslarida 43.71 natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritishdi.

Islom Karimov Misrdagi aviahalokat yuzasidan Putinga hamdardlik bildirdi>>

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Misrda Rossiya samolyotining halokatga uchrashi yuzasidan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kreml saytida xabar qilingan.

Abdulaziz Komilov Misrdagi aviahalokat munosabati bilan Rossiya elchixonasiga tashrif uyushtirdi>>

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 3 noyabr kuni Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy Majlis: 2016 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,8 foizga o‘sadi>>

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining xabar berishicha, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 2016 yilda O‘zbekistonda YaIM – 7,8 foiz, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish – 8,2 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – 6,1 foiz, kapital qo‘yilmalari hajmi 9,6 foizga o‘sishini ko‘zda tutmoqda.

Ekspert: Toshkent ekstremistlardan qo‘rqmaydi>>

Toshkent Afg‘oniston va O‘zbekiston chegarasida ekstremistlar tomonidan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan hujumlardan qo‘rqmaydi. Bu haqda siyosatshunos Valeriy Xan aytib o‘tdi.

O‘zbekistonda byudjyetning ijtimoiy xarajatlar ulushi 59,2 foizga ortadi>>

O‘zbekistonda ijtimoiy xarajalar uchun ajratiladigan xarajatlarning solishtirma hajmi 2015 yildagi 58,7 foizdan 2016 yilda 59,2 foizga qadar ortadi. 
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjyet va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha qo‘mitasining 2015 yil 29 oktabrda bo‘lib o‘tgan majlisida ma'lum qilingan.

O‘zbekistonda uyushmalar soni 4tagacha qisqardi>>

Yaqinda “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi “O‘zpaxtaeksport” yagona paxta xoldingi tarkibiga kirganidan so‘ng O‘zbekistonda uyushmalar soni 4tani tashkil qildi, deb yozadi Nuz.uz.

“O‘zavtosanoat” AK avtomobilsozlikni mahalliylashtirish bozori salohiyatini 2.3 trln so‘mga baholadi>>

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati ekspertlari yengil avtomobillar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bozori salohiyatini 2.3 trln so‘mga baholadilar. Bu haqda kompaniya boshqaruvi raisi o‘rinbosari Rustam Yusupov IX Xalqaro xalq sanoati yarmarkasi va kooperatsion birjasi chog‘ida aytib o‘tdi.

O‘zbekistonda bolalarni pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlash boshlandi>>

2 noyabrdan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari emlash punktlarida bolalarni pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlash boshlandi.

O‘zbekistonliklar "O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi"ni aniqlashadi>>

"O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi"ni aniqlash uchun tashkil qilingan aksiyaning final bosqichi boshlandi. Ushbu aksiya orqali O‘zbekistonning eng mashhur tarixiy va sayyohlik obektlariga ovoz berlib, 7ta g‘olib saralanadi. Bu haqda ZiyoNET portali ma'lum qilgan.

Toshkentda O‘rta Osiyodagi eng katta kitob do‘koni ochildi>>

2 noyabr kuni Toshkentda, Mustaqillik ko‘chasi yoqasida “Kitob olami” nomli yangi kitob do‘koni ochildi. Shahar markazida, metro bekati yaqinida joylashgan bu do‘kon O‘rta Osiyoning bu turdagi eng yirik muassasasi ekanligi aytilmoqda.

Toshkentda fitotekalar tarmog‘i ish boshlaydi>>

O‘simliklar asosida fitoterapiya va gomeopatiya (katta dozasi kishini kasal qiladigan dorilardan oz-oz berib davolash usuli) sohasiga ixtisoslashgan Germaniyaning Bionorica AG farmatsevtik firmasi O‘zbekistonda maxsus fitotekalar tarmog‘ini ishga tushiradi.

O‘zbekistonlik suzuvchi Ra'noxon Amanova “Rio-2016” o‘yinlariga yo‘llanma oldi>>

2016 yili Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik sportchilar safi yana bittaga kengaydi.

“Yil imomi-2015” ko‘rik tanlovi g‘oliblari taqdirlandi>>

Respublikamizda imom-xatiblar faoliyatini yanada takomillashtirish, bugungi globallashuv davrida Vatan ravnaqi yo‘lida xizmatlari hamda xalqimizni buzg‘unchi toifalarning ta'siridan himoyalanishida targ‘ibot ishlarisamaradorligini oshirish maqsadida, har yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida “Yil imomi” ko‘rik tanlovi o‘tkaziladi. 

Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati 3 mVt li fotoelektrik stansiyalar quradi>>

2015-2019 yillarda Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati tizimida umumiy quvvati 3 mVt ga teng fotoelektrik stansiyalar qurilishi mo‘ljallanmoqda. Bu haqda “Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi departament direktori Shavkat Madaminov bayonot berdi.

2016 yilda O‘zbekiston va Italiya hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi>>

Rasmiy Toshkent va rasmiy Rim o‘rtasida 2016 yilning boshida O‘zbekiston va Italiya hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi va o‘zaro savdo, iqtisodiy va ishlab chiqarish sohalaridagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston TIV vakili Buxarestdagi yong‘in munosabati bilan Ruminiya elchixonasiga tashrif uyushtirdi>>

2015 yilning 3 noyabr kuni O‘zbekiston TIV vakili Ruminiyaning Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif uyushtirdi.

Andijonda bir qator tuman IIB boshliqlari o‘zgardi>>

Andijon viloyatining bir qancha tumanlaridagi IIBlarda boshliqlar o‘zgardi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga gazni bir joydan ikkinchi joyga haydab beruvchi qurilma yetkazib beradi>>

Rossiyaning “Kazanskoye motorostroitelnoye proizvodstvennoye ob'yedineniye” AJ (KMPO) (“Qozon motorsozlik ishlab chiqarish uyushmasi”) O‘zbekistondagi gaz koniga gazni bir joydan ikkinchi joyga haydab beruvchi qurilma yetkazib berish bo‘yicha bitim tuzdi, deb aytilmoqda KMPO bergan xabarda.

Tbilisida O‘zbekiston-Gruziya Tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari uchrashdi>>

3-4 noyabr kunlari Tbilisi shahrida Tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston-Gruziya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati ma'lum qiladi.

O‘zbekiston TIVda Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi hamraisi qabul qilindi>>

2015 yilning 4 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Barbara Logan Heyni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Bloomberg TV orqali O‘zbekistonning investitsion salohiyati namoyish etilmoqda>>

1 noyabrdan boshlab O‘zbekistonning investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan rolik Bloomberg TV orqali translyatsiya qilinmoqda. U kuniga 3 marta efirga chiqadi.

O‘zbekistonda suv ta'minoti tizimi boshqaruvi yaxshilanadi>>

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda O‘zbekiston viloyatlari hokimiyatlari qoshida suv ta'minoti va kanalizatsiya tashkilotlari negizida 1 yanvarga qadar “Suvoqova” yagona davlat unitar korxonalari hamda ularning shaharlar va tumanlardagi filiallari yaratiladi.

O‘zbek astronom olimi Fransiya mukofoti bilan taqdirlandi>>

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti rahbari, fizika-matematika fanlari doktori Shuhrat Egamberdiyev Lazur qirg‘og‘i observatoriyasi (Fransiya, Nitstsa) tomonidan ta'sis etilgan La médaille de l’ADIONS medali bilan taqdirlandi. 

Italiya tashqi ishlar vaziri: O‘zbekistonning insoniy va intellektual salohiyati qiziqish uyg‘otadi>>

O‘zbekistonga Italiya TIV delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi. Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Mikele Valensize boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston-Italiya TIV muzokaralarining navbatdagi raundida ishtirok etdi.

O‘zbekistonda qish mavsumi uchun 700 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari hozirlab qo‘yiladi>>

Joriy yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qish mavsumiga g‘amlash ko‘rsatkichlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6.6 foizga o‘sdi. Bu haqda qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xabar qildi.

Farg‘onada ilk marta yurak operatsiyasi o‘tkazildi>>

Farg‘onada ilk marta yurak operatsiyasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

“UzGazOil” shoxobchalaridagi “tijoriy” avtobenzinning qimmatligiga oydinlik kiritildi>>

Bugungi kunda yurtimizdagi “UzGazOil” avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida belgilangan narxdan qimmatroqqa “tijoriy” benzin sotish holatlari uchramoqda. 1 litr AI-80 rusumli avtobenzin narxi 2030 so‘m qilib belgilangan bo‘lsa, shoxobchada 3000 so‘mdan sotilmoqda.

“O‘zbekenergo” Yakkabog‘dagi elektr ta'minoti uzilishlarini tushuntirib berdi>>

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z. Nazarov OAVga yo‘llagan maktubida tumanda har yili oktabr oyi yarmidan elektr energiyasi berilishida uzilishlar paydo bo‘lishini aytib, buning sabablarini surishtirdi.

Toshkentda benzin taqchilligi kuzatilmoqda, bunga obektiv sabab bormi? (Foto+video)>>

Toshkent shahridagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida yana navbatlar vujudga kelmoqda. Shu sababdan erta tongdan AYoQSh joylashgan ko‘chalarda tirbandliklar kuzatilmoqda.

«Kitob olami» do‘koni haqida 10 ma'lumot (fotoreportaj)>>

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yaqindagina poytaxtimizda kitobsevarlar uchun yangi maskan ishga tushirilgan edi. Kun.uz sayti taxririyati mutolaa ishqibozlarini mazkur majmua faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida fotoreportaj uyushtirdi. Qo‘shimcha ravishda, "Kitob olami" do‘koniga oid 10ta qiziqarli ma'lumotni taqdim etmoqda.  

«GM Uzbekistan» ishlab chiqarish quvvatini 20 foizga oshiradi>>

«GM Uzbekistan» AJ 1 yilda ishlab chiqariladigan mashinalari hajmini 250 ming donadan 300 ming donagacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu esa 20 foizlik o‘sish demakdir. Bu haqdagi ma'lumot 27 oktabrdan 2 noyabrgacha bo‘lgan kunlarda "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar majmuida o‘tkazilgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi ko‘rgazma-konferensiyasi vaqtida aytildi.

O‘zbekiston TIVda Yaponiya elchisi qabul qilindi>>

2015 yilning 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi Fumixiko Kato bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Pokiston Islom Respublikasi prezidenti O‘zbekiston elchisini qabul qildi>>

3 noyabr kuni O‘zbekiston favqulodda va muxtor elchisi Furqat Sidiqov Pokiston rahbarining Islomoboddagi “Ayvoni Sadr” rasmiy qarorgohida Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Mamnun Husaynga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar berdi.

Elektron hisoblagichlarga ega bo‘lmagan xo‘jalik sub'yektlariga gaz va energiya yetkazib berilmaydi>>

2018 yilning 1 yanvaridan boshlab zamonaviy elektron hisoblash uskunalari bilan jihozlanmagan yuridik shaxslarga tabiiy gaz va elektr quvvati yetkazib berilmaydi. Bu O‘zbekiston hukumatining 2 noyabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda ilk bor “Yoshlar haftaligi” bo‘lib o‘tadi>>

2015 yilning 16-22 noyabr kunlari Toshkent shahrida “Ertangi kun bizniki, marra bizni” shiori ostida “Yoshlar haftaligi” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Yoshlar ijod saroyi”da bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida e'lon qilindi.

Toshkent shahrida yong‘in sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan 3371ta korxona, bino va inshootlar faoliyati to‘xtatildi>>

2015 yilning 10 oyi davomida poytaxtimizda Davlat yong‘in nazorati xodimlari tomonidan ehtimoliy yong‘inlarni bartaraf etish maqsadida 4980ta korxona, tashkilot va xo‘jaliklar tekshiruvdan o‘tkazildi.

Mobil muxbir: Namangan shahrida "Damas"lar harakati tartibga solinadimi?>>

Namangan shahrida hozirgi kunda mingdan oshiq "Damas" avtomobili haydovchilari yo‘lovchi tashish bilan shug‘ulanib kelayapti. Ammo ayrim haydovchilar tegishli hujjatlarsiz faoliyat ko‘rsatmoqda, tajribasiz yosh haydovchilar sababli ko‘ngilsiz voqealar, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lmoqda. 

OAV: Namangan xonadonlariga issiqlik yetib boradimi?>>

Namangan shahridagi xonadonlarni qish mavsumida isitish masalasi deyarli har yil o‘tkir bahslarga sabab bo‘ladi. Agar hovlilarda har bir kishi o‘z kunini o‘zi ko‘rsa, ko‘p xonadonli uylarda istiqomat qiluvchi aholi “Issiqlik manbai” korxonasidan umid qilishga majbur.

Botir Kudratxodjayev Surxondaryo viloyatiga prokuror etib tayinlandi>>

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2015 yil 31 oktabridagi buyrug‘i bilan Botir Baxromovich Kudratxodjayev Surxondaryo viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi.

Navoiyda yangi alyuminiy profillari zavodi qurilmoqda>>

Navoiy shahrida AKFA kompaniyasi tomonidan yangi alyuminiy profillari zavodi qurilmoqda. Bu haqda kompaniyaning import departamenti menejyeri Kamron G‘ulomov bayonot berdi.

O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmonlari yangi loyihalar borasida kelishuvga erishdi>>

4 noyabr kuni Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida O‘zbekiston-Germaniya va Germaniya-O‘zbekiston ishchi kengashlarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazirlik va idoralar, ikki davlat kompaniya va konsernlari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro yuk tranziti shartlari yaxshilandi>>

"Kazaxstan temir joly" rahbari Askar Mamin MDHga a'zo mamlakatlar Temir yo‘l transporti kengashining 63-majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston TIVda Filippin elchisi bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalar muhokama qilindi>>

2015 yilning 4 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Filippin Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Eduardo Martin R.Menez (qarorgohi Tehron shahrida) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Germaniyaga to‘qimachilik mahsulotlari va meva yetkizib beradi>>

O‘zbekiston korxonalari Germaniyaga to‘qimachilik va kimyo sanoati mahsulotlari va meva eksport qilmoqchi, deb xabar berdi “Jahon” AA. 

Jahon banki tomonidan Xorazmda qiymati 2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi>>

Jahon banki tomonidan Xorazm viloyati bo‘yicha deyarli 2 mlrd dollar qiymatida 15ta yo‘nalish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda telegraf.uz nashri xabar tarqatgan.

O‘zbekistonlik kanoechilar Rio-2016 olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi>>

Indoneziyaning Jakarta shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston TIVda Energetika Xartiyasi bosh kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi>>

2015 yilning 5 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Energetika Xartiyasi bosh kotibi Urban Rusnak bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston elchisi Buyuk Britaniya qirolichasiga ishonch yorliqlarini topshirdi>>

2015 yilning 4 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Alisher Kurmanov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Koreya investorlari o‘zbek kompaniyalarining 220 mln dollarlik davlat aktivlarini sotib oladi>>

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 5 noyabr kuni Koreya Respublikasining savdo-sanoat va tabiiy zaxiralar vazirining birinchi o‘rinbosari Li Xvan Sopni qabul qildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Toshkentda MDH temir yo‘l transporti kengashi bo‘lib o‘tdi>>

Toshkentda MDHga a'zo davlatlar temir yo‘l transporti kengashining 63-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Jahon” agentligi xabar bermoqda.

O‘zbekiston chegarachilari Qirg‘iziston fuqarosining o‘g‘irlab ketilgan mollarini qaytarishdi>>

O‘zbekiston chegarachilari Qizg‘iziston hududidan O‘zbekistonga o‘g‘rincha olib o‘tilgan yirik shoxli chorva mollarini qirg‘iz tomoniga qaytardi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Davlat chegara xizmati ma'lumotiga asoslangan holda 24.kg xabar qildi.

O‘zbekiston bojxonachilari xizmat itlariga chip o‘rnatmoqda>>

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologik markazi jonivorlarni identifikatsiya qilish bo‘yicha xalqaro tajribani inobatga olgan holda bojxona organlarida xizmatida bo‘lgan itlarga chiplar o‘rnatishni boshladi.

Uzsalaman O‘zbekiston ichki ishlar xodimlariga 40 ming juft qishki oyoq kiyim yetkazib beradi>>

Uzsalaman qo‘shma korxonasi Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da o‘z ishini yakunlagan IX xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi doirasida maxsus oyoq kiyim tayyorlab, yetkazib berish bo‘yicha bir qator manfaatli shartnomalar tuzishga erishdi.

O‘zbekistonlik artistlar Parijda konsert uyushtirishdi>>

31 oktabr kuni Parijda “Iste'dodlar salyuti” loyihasi doirasida XXIV Xalqaro bolalar va o‘smirlar ijodi festival-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. “Parij, men seni sevaman!” shiori ostida o‘tgan tadbirda Rossiya, Belgiya, Latviya, Armaniston, Belarus va O‘zbekistondan tashrif buyurgan 150 yosh iste'dod sohibi qatnashdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari yig‘ilib, ilk mashg‘ulotni o‘tkazishdi>>

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 noyabr kuni o‘zining KXDR hamda Yamanga qarshi o‘yinlari oldidan yig‘inga kirdi va ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Islom Karimov Oqsaroyda Jahon banki guruhi vakillarini qabul qildi>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 6 noyabr kuni Oqsaroyda Xalqaro investitsiyaviy forumda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller hamda Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasining vitse-prezidenti Dimitris Tsitsiragosni qabul qildi.

Rustam Azimov: O‘zbekiston YaIMning o‘rtacha yillik o‘sishini 8 foiz darajasida saqlab qoladi>>

Top