16:40 / 09.11.2015
7086

2016 yilda O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari faoliyati ochiqligini baholash tizimini ishga tushiriladi

2016 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari faoliyati ochiqligi darajasini monitoring qilish va baholash tizimi ishga tushiriladi. Bu haqda hukumatning “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuni holatlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarorida aytildi.

Hujjatda ushbu tizimni ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ro‘yxati belgilab berilgan. Ularni bajarishga mas'ul sifatida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq tashkil etilgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta'minlash bo‘yicha muvofiqlashtirish va monitoring qilish jamoat kengashi ko‘rsatilgan.
Ushbu jamoat tashkiloti chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, shunga muvofiq belgilangan muddatda ularni amalga oshirishi ko‘zda tutilgan.

Top