16:07 / 10.11.2015
2588

O‘zbekiston BMTga ayollar huquqlarining ta'minlanishi borasida hisobot topshirdi

Oxirgi 10 yil ichida O‘zbekistonda erkaklarning va ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi muvofiq ravishda 73 va 75 yoshga yetdi. Bundan tashqari, mamlakatda ayollarning roli oshib borayotgani ularning parlamentdagi faol ishtirokida ko‘rinadi.

Bu ma'lumotlar O‘zbekistonning ayollar diskriminatsiyasini yo‘q qilish bo‘yicha BMT qo‘mitasidagi delegatsiyasi o‘qib eshittirgan hisobotda keltirildi. BMT axborot markazining xabar qilishicha, O‘zbekiston Jyenevada tegishli konvensiya bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot topshirdi.

O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi direktori Akmal Saidovning so‘zlariga qaraganda, inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida xalqaro huquq me'yorlariga xalq mentaliteti va qadriyatlarini inobatga olgan holda amal qilinmoqda.

Qo‘mita ekspertlari inson savdosi va majburiy mehnatga qarshi ko‘rilayotgan choralar bilan qiziqib ko‘rishdi. O‘zbekiston delegatsiyasi ularni bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Top