12:13 / 13.11.2015
4827

Tojikiston va O‘zbekiston temir yo‘l o‘tkazmalariga chegirmalar belgilash borasida kelishuvga erishdi

“Tojik temir yo‘li” DUP hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” OAJ orasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida temir yo‘l orqali yuk tashishda chegirmalar tizimini yaratish borasida kelishuvga erishildi.

Tojikiston transport vazirligi matbuot xizmatining ma'lumotlariga qaraganda, 22 oktabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” OAJ chegirmalar taqdim etilishi borasida telegramma yo‘llagan. Bunda neft mahsulotlari, alyuminiy va alyuminiy qirindisini Quduqli-Keles, Quduqli-Qoraqalpoq temir yo‘llari bo‘ylab tashish nazarda tutilgan.

Shuningdek, “Xovar” axborot agentligining ma'lumotlariga qaraganda, Boldir-Quduqli uchastkasi uchun belgilangan 1.83 foiz koeffitsiyent ham bekor qilingan.
O‘z navbatida, “Tojik temir yo‘li” DUP 20 oktabr kuni O‘zbekiston yuklarini Tojikistonning temir yo‘l zonasi orqali tranzit qilishda chegirmalar taqdim etish borasidagi telegramma bilan o‘zbekistonlik hamkasblariga murojaat qilgan.
Taklif qilingan chegirmalar ikki qo‘shni davlat o‘rtasida yuk aylanmasining oshishiga xizmat qilishi aytilmoqda.

Top