08:53 / 16.11.2015
2707

Britaniya Parijdagi teraktlardan so‘ng maxsus xizmatlar xodimlari sonini oshirishga qaror qildi

Britaniya hukumati terrorizmga qarshi kurash uchun maxsus xizmatlarni moliyalash hajmini kengaytirib, ulardagi shtatlar sonini 15 foizga oshiradi. Bu haqda britan bosh vaziri Devid Kemeron devonxonasi e'lon qilgan press-relizda so‘z boradi.

“Yangi mablag‘lar xavfsizlik xizmatlari hamda MI5, MI6 razvedkalari va TIV qoshidagi hukumat aloqa boshqarmasiga xodimlar sonini 1,9 ming nafarga (15 foizga) oshirish maqsadida ajratiladi. Mazkur qaror xalqaro terroristlar hujumlari xavfining oshayotgani, kiberhujumlar sonining ortayotgani va boshqa global tahdidlarga javob tariqasida qabul qilindi”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq Fransiya va Britaniya razvedka ma'lumotlari almashishini kengaytirish, mamlakatlar ichki ishlar vazirlari esa doimiy aloqada ekani xabar qilingan edi.

Top