18:55 / 17.11.2015
4095

Belgiya politsiyasi Parij terakti tashkilotchiligida gumonlanuvchining navbatdagi suratlarini e'lon qildi

Belgiya politsiyasi Parijda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etishda gumon qilinib qidiruvga berilgan Saloh Abduslomning suratini e'lon qildi. Surat mahalliy politsiya saytida e'lon qilingan.

Xabarda qayd qilinishicha, 26 yoshli Abduslom Parijdagi teraktlarga rahbarlik qilgan.
Abduslomning xavfi ekani qayd qilingan. Uni ko‘rganlarga har qanday harakatdan tiyilgan holda zudlik bilan huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishlarini so‘rashgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni Parijning bir qator hududlarida portlashlar amalga oshirilgan, natijada 129 nafar kishi vafot etgan, 352 nafar odam turli darajada jarohat olgan.

Top