17:51 / 17.11.2015
14508

Guliston davlat universiteti rektori o‘zgardi

O‘zbekiston hukumati qarori bilan Guliston davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi. 12news.uz xabariga ko‘ra, Botir Sobitovich Zokirov yangi lavozimda ish boshladi.

“Bunga qadar u poytaxt oliy ta'lim muassasalaridan birida prorektor lavozimida faoliyat ko‘rsatgan”, - dedi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligidagi axborot manbasi.

Guliston davlat universiteti vakilining Kun.uz saytiga bergan ma'lumotiga ko‘ra, sobiq rektor Nusratulla Barakayev ayni paytda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Top