20:25 / 17.11.2015
8229

KUN.UZ dayjesti: 17 noyabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 17 noyabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Pokiston bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif O‘zbekistonga keldi>>

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan O‘zbekistonga rasmiy tashrifini boshladi.

Osiyo taraqqiyot banki Namangan viloyatida kanallar qurilishini moliyalashtiradi>>

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan, O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida 2016-2018 yillarda kanallarni rekonstruksiya qilish va qurish loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida Namangan kiloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 27,5 kilometrlik Yon kanali va 14 kilometrlik Gaznon kanallari to‘liq rekonstruksiya qilinadi.

Belarus O‘zbekistonga zirhli mashinalar yig‘ishni taklif qilmoqda>>

Belarusning “140-ta'mir zavodi” O‘zbekistonga zirhli mashinalar yig‘ish, shuningdek, harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatishni taklif qildi. Bu haqda yaqinda Toshkentga kelib ketgan korxona delegatsiyasi vakiliga tayangan holda Sputnik agentligi xabar qilmoqda.

Toshkentda Kichik grantlar dasturi muhokama qilindi>>

2015 yil 16 noyabr kuni Toshkentdagi Grand Mir Hotel mehmonxonasida Global ekologik jamg‘armaning Kichik grantlar dasturiga oid mamlakatlarga bo‘yicha dasturiy strategiyasi holatlari muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. 

O‘zbekistonda antibiotiklar haqida xabardorlik kuni nishonlanadi>>

Joriy yilning 18 noyabr kuni soat 9:00da “Poytaxt” biznes-markazida Antibiotiklar haqida xabardorlik kuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda 10 yoshli qizaloq bastakor, pianist va dirijyor sifatida konsert qo‘ydi>>

14 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 10 yoshli iqtidor egasi Jannat Huseynzodaning yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi KOICA Kasb-hunarga o‘qitish markaziga qabul haqida e'lon qilindi>>

“O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatini rivojlantirish” loyihasi doirasida Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Toshkent shahrida tashkil etilgan Kasb-hunarga o‘qitish markaziga ishsiz fuqarolar kasb-hunarga o‘qitish (kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash) uchun qabul qilinadi.

O‘zbekistonda Janubiy Koreya nodavlat tashkiloti faoliyatidan xavotir bildirilmoqda>>

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Osiyo madaniyat va taraqqiyot institutining Toshkentdagi vakolatxonasi faoliyatidan xavotir bildirilmoqda.

O‘zbekiston TIVda diplomatik xizmatning yangi rahbari tayinlandi>>

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov vazirlikning Diplomatik xizmatlar bo‘limiga («Dipxorijxizmat») yangi rahbar tayinladi.

Samarqandda rasman olinmagan 42 nafar litsey o‘quvchilari 3-kursda o‘qishda davom etmoqda>>

Mana uch yildirki, SamDU qoshidagi birinchi akademik litseyda rasman o‘qishga kira olmagan 42 nafar o‘quvchi tahsil olishda davom etmoqda. Ular darslarga qatnaydi, reyting daftariga ega, imtihonlarni topshiradi, ular allaqachon uchinchi kursda ta'lim olmoqda.

O‘zbekiston global terrorchilik reytingida 124-o‘rinni egalladi>>

Londonda joylashgan Iqtisodiyot va tinchlik instituti (The Institute for Economics and Peace) tomonidan hozirlangan Global terrorchilik reytingida O‘zbekiston 162 davlat ichida 124-o‘rinni egalladi. Tadqiqot natijalari institutning saytida e'lon qilindi.

O‘zbekistonda xalqaro "Bag‘rikenglik kuni" nishonlandi>>

“16 noyabr—Xalqaro bag‘rikenglik kuni”. Ushbu sana munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universitetida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik—jamiyat barqarorligi garovi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. 

O‘zbekistonlik qandolatchilar mahsulotlarini qadoqlashda qiyinchiliklarga duch kelishayotganini aytishmoqda>>

Ayni paytda o‘zbekistonlik qandolatchilar mahsulotlarini qadoqlash va o‘rashda (upakovkalashda) qiyinchiliklarga duch kelishmoqda, deb aytdi yaqinda bo‘lib o‘tgan soha vakillari matbuot-anjumanida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi vakili.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi Parijdagi teraktlarni qoraladi>>

O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansurov xorijiy OAVga bergan intervyusida Parijda sodir etilgan teraktlarni keskin qoraladi.

Top