22:58 / 17.11.2015
2505

Misr bosh vaziri: A321 halokati Qohira va Moskva munosabatlarini yomonlashtirmaydi

Misr bosh vaziri Sharif Ismoil Sharm ash Shayxda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Rossiyaning A321 samolyotining halokatga uchrashi Rossiya va Misr o‘rtasidagi munosabatlarga daxl qila olmasligini ma'lum qilib o‘tdi.

"Samolyotning halokatga uchrashi Rossiya bilan munosabatlarimizga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi. Biz Rossiya bilan bu borada maslahatlashuvlar olib bormoqdamiz”, — dedi u.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 31 oktabr kuni Sharm ash Shayxdan Sankt-Peterburgga uchgan Rossiyaning Airbus A321 samolyoti bortidagi 217 yo‘lovchisi va 7 ekipaj a'zosi bilan aviahalokatga uchragan, undan hech kim tirik qolmagan edi.

Top