10:02 / 17.11.2015
4527

Qamashida chiqindilardan qurilish mollari tayyorlanishi yo‘lga qo‘yildi

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi “Ismatillayev Arslonbek” xususiy korxonasida plastmassa chiqindilaridan tomyopqich materiallari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Loyiha tashabbuskori Rashid Rahmatovning "Telegraf.uz" nashriga bildirishicha, bunday mahsulotlar tannarxi arzon bo‘lib, undan uzoq yillar davomida foydalanish mumkin.

Aytish joizki, 77 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit hisobiga Xitoydan yangi texnologik liniyalar keltirilgach, tomyopqichlar turi ko‘paydi. Ayni paytda bu yerda metalldan ham qurilish materiallari tayyorlanmoqda. Mazkur texnologiyalar energiya tejamkorligi bilan turdoshlaridan ajralib turadi.

Top