10:07 / 17.11.2015
3530

Xalqaro valyuta jamg‘armasi: tabiiy gazning past narxi Turkmaniston iqtisodiyotiga ta'sir ko‘rsatadi

Keyingi bir necha yil mobaynida Turkmaniston tabiiy gazga bo‘lgan talabning tushishi munosabati bilan iqtisodiy o‘sishning pasayishiga duchor bo‘ladi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining 10 noyabrdagi bayonotida aytildi.

Jamg‘arma vakillari bunday xulosaga 4-10 noyabr kunlari Turkmanistonda ishlagan baholash komissiyasi to‘plagan ma'lumotlar tahlil asosida kelishdi.
Kutilishicha, 2014 yildan boshlangan neftni qayta ishlash mahsulotlariga bo‘lgan talabning tushishi YaIM o‘sishini 2014 yilgi 10 foizdan 2015 yilda 7 foizgacha, 2016 yilda esa 6 foizgacha tushiradi. Jamg‘arma vakillari Turkmaniston hukumatini xarajatlarni qisqartirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish singari qat'iy choralar ko‘rishga chaqirib qoldi.

Top