23:41 / 18.11.2015
2860

O‘zbekistonga Jahon bankining sog‘liqni saqlash missiyasi tashrif buyurdi

2015 yilning 16-24 noyabrida O‘zbekistonda Jahon bankining “Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish” (“Salomatlik-3”) loyihasi rahbari Lingshi Xu va Jahon bankining sog‘liqni saqlash, ovqatlanish va aholishunoslik masalalari bo‘yicha global amaliyot departamenti rahbari Enis Bari boshchiligidagi delegatsiyasi bo‘ladi.

Missiyaning vazifalariga loyiha amalga oshirilishi o‘rtasida moliyalashtirish haqidagi kelishuvga muvofiq samaradorlikning tayanch ko‘rsatkichlariga asoslangan holda uning maqsadlari va loyihaning har bir komponentining amalga oshirilishi va boshqa masalalarni ko‘rib chiqish kiradi.

Jahon banki delegatsiyasi missiya davomida Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, infratuzilma, aynan tuman tibbiyot birlashmalarini qurish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va tibbiy uskunalari yetkazish bo‘yicha tadbirlarning bajarilishi bilan tanishadi. Missiya, shuningdek, uskunalarning yetkazib berilishi va xizmat sifatiga tegishli masalalarni ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.

 

Top