Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIVda xalqaro shartnomalar ijrosi nazoratiga bag‘ishlangan tahliliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2015 yilning 23 noyabr kuni Tashqi ishlar vazirligida “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish bo‘yicha tahliliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv TIV vakolati doirasida xalqaro shartnomalar ijrosini nazorat qilishga bag‘ishlanib, unda qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro shartnomalarni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda vazirliklar, idoralar va mamlakatimizning ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yuqorida ko‘rsatilgan sohada O‘zbekiston Respublikasi shartnomaviy-huquqiy negizining bugungi holati va yanada takommillashtirish istiqbollari tahlil qilindi. Ilg‘or xalqaro tajribani va xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik shakllarini o‘rganishga alohida urg‘u berildi.
Uchrashuv yakunida tegishli xalqaro shartnomalarni amalga oshirishda vazirlik va idoralar faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan takliflar tayyorlandi.