10:49 / 25.11.2015
3343

O‘zbekiston va Germaniya tibbiyot sohasida hamkorlik qilmoqda

2015 yilning 23 noyabr kuni Toshkentdagi Grand Mir Hotel mehmonxonasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasida “Markaziy Osiyoda sog‘liqni saqlash” loyihasi doirasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari L. To‘ychiyev ochib berdi. O‘z chiqishida u konferensiya davomida loyiha doirasida erishilgan asosiy yutuqlar borasida so‘z yuritilishini ta'kidladi.
Shundan so‘ng mintaqaviy loyihaning direktori Evi-Korneliya Gruber GIZ’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Torsten Bretsina bilan so‘zga chiqib,

loyihaning muvaffaqiyatli yakunlangani munosabati bilan sog‘liqni saqlash vazirligi vakillariga minnatdorchilik bildirishdi.
Tadbir davomida loyiha doirasidagi rejalar ijrosiga bag‘ishlangan boshqa hisobotlar ham tinglandi.

Top