16:38 / 26.11.2015
13900

Bo‘yniga "pulchambar" osilgan Samarqanddagi to‘y egasi tanqid ostiga olindi

Xonanda Ali Otajonov o‘zining Facebook’dagi sahifasiga joylagan videosi shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Videoda to‘y egasining bo‘yniga kelgan mehmonlarning «pulchambar» osayotganliklari aks etgan.

Bu Samarqandning qaysi tumanida bo‘lib o‘tgan to‘yligi xonanda tomonidan ma'lum qilinmagan.

"Eng qizig‘i to‘yga oldindan pulchambar yasab kelgan mehmonlar bo‘ldi. Bundan kelib chiqadiki, mazkur to‘y bo‘lgan hududda pulchambar osish urf sanaladi.

Izohlarda odamlarning ushbu holatga salbiy munosabatlarini kuzatish mumkin.

Dastavval video Xorazm vohasiga tegishli degan xulosaga kelgandik, sababi unda mehmonlar asosan xorazmcha lazgiga raqs tushishayotgan edi. Biroq keyin Ali Otajonovning sahifasida ushbu video Samarqandda olinganiga yo‘naltirilgan manba paydo bo‘ldi", deyiladi "Darakchi.uz" xabarida.

Top