10:23 / 26.11.2015
2095

TIVda O‘zbekiston-Latviya maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 25 noyabr kuni O‘zbekiston-Latviya maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etish uchun Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yuridik department direktori Sanita Pekale boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

2014-2016 yillarga mo‘ljallangan vazirliklararo hamkorlik Dasturini amalga oshirish doirasida amaldagi ikki tomonlama hujjatlar ro‘yxati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, turli sohalarda O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan bir qator bitim loyihalari bo‘yicha fikr almashildi.

Tadbirda Latviya Elchisi Edgars Bondars ishtirok etdi.

Top