14:37 / 26.11.2015
3858

Veterinarlarga yangi mototsikllar topshirildi

Qarshi shahrida davlat veterinariya xizmatining yetakchi xizmatchilari uchun mintaqaviy seminari bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlariga ko‘ra bir qator mutaxassislarga mototsikllar, velosipedlar va xaltali purkagichlar taqdim etildi.

“Tumanimiz viloyatning eng yirik hayvonotchilik hududlaridan biridir, - dedi Chiroqchi tuman veterinariya bo‘limi boshlig‘i Sardor Normurodov “Novosti Kashkadari” gazetasiga bergan intervyusida.

– Biz olgan texnika, shubhasiz, Chiroqchi shahri hamda Dodik, Jar, Zarbdor, Qalqama, Dampakandi, Chiyal va Beshchashma QFYlarga xizmat ko‘rsatuvchi zooveterinariya punktlarining faoliyatini yangi bosqichga ko‘taradi”.

Top