09:08 / 27.11.2015
2089

Dominikanda ikki avtobusning to‘qnashuvidan eng kamida 11 kishi halok bo‘ldi

Dominikan respublikasi sharqida ikki avtobusning to‘qnashib ketishi oqibatida eng kamida 11 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 70dan ziyodi jarohatlandi, deya xabar bermoqda Associated Press agentligi mamlakat hukumati ma'lumotiga asoslangan holda.

Avtobuslar sayyohlik kurortlari ishchilarini olib ketayotgan bo‘lgan. To‘qnashuv ham sayyohlik zonalari joylashgan ikki shahar o‘rtasidagi yo‘l uchastkasida ro‘y berdi.
Hukumat vakilining so‘zlariga ko‘ra, vafot etganlar soni yanada ortishi mumkin, chunki jarohat olganlar ichida ahvoli o‘ta og‘irlar ham bor.

Hukumat hodisa sabablarini o‘rganmoqda. Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, avtobuslardan birining old g‘ildiragi yorilib ketgan va shuning uchun transport vositasi qarama-qarshi tomonga o‘tib ketib, boshqa avtobus bilan to‘qnashib ketgan.

Top