18:01 / 27.11.2015
6331

Erdo‘g‘an: Turkiya Rossiyaning Su-24 bombolovchisini qasddan urib tushirgani yo‘q

Turkiya harbiy havo kuchlari Rossiyaning Su-24 bombolovchisini qasddan urib tushirgani yo‘q. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters. Uning qayd etishicha, Anqara Moskva bilan munosabatlarni buzishni istamaydi. 

Bundan avvalroq esa 27 noyabr kuni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Erdo‘g‘an Su-24 urib tushirilgandan 7-8 soat o‘tib Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lganini aytgan edi. “Ha, bu hodisadan 7-8 soat o‘tganidan keyin bo‘ldi, undan avval emas”, - degan edi Kreml vakili.

Biroq Peskov voqeadan keyin prezidentlar hali suhbatlashmaganini xabar qildi.

Top