15:11 / 27.11.2015
3873

Qirg‘izistonda prezident devonining sobiq rahbari 3 yilga qamaldi

Qirg‘iziston prezident devonining sobiq rahbari Doniyor Norimboyev 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda respublika Oliy sudi devonxonasiga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.

“Norimboyev bugun Bishkekning Pervomaysk tuman sudi tomonidan qalloblik moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi, sud, shuningdek, uning mol-mulkini musodara qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, - deyiladi xabarnomada.

Mazkur ish bo‘yicha milliy parlamentning sobiq deputati Hojimurot Qo‘rqmazov 1.5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Bu ikki javobgarning advokatlari dalillarni ishonchsiz deb hisoblab, apellyatsiyaga berishga hozirliklarini ma'lum qilmoqda.

Top