19:10 / 29.11.2015
3861

Janubiy Koreya KXDR provokatsiyalariga javob beruvchi yangi harbiy dengiz kuchlari bazasini tashkil qiladi

2016 yil yanvarida Janubiy Koreya Chejudo shimoliy qo‘shnisining provokatsiyalariga javob beruvchi yangi harbiy dengiz kuchlari bazasini tashkil qiladi. Baza har qanday tahdidlarga tezkor javob berishga qaratiladi.

Ryonxap agentligining ma'lum qilishicha, noyabr oyining oxiri holatiga ko‘ra yangi obektdagi qurilish ishlari 96 foizga yakunlangan.

Yangi baza 2ta zonaga bo‘linadi – harbiy kemalar va kreyserlar uchun. Baza hududida ma'muriy va yashash uylari kompleksi, shuningdek, madaniy markaz, sport maydonchasi va boshqa obektlar joylashadi. Bu obektlardan oddiy fuqarolar ham qisman foydalana oladi.

Yangi baza bir paytning o‘zida umumiy yuk hajmi 150 ming tonna bo‘lgan 20ta harbiy kema va 2ta kreyserni qabul qila olishi aytilmoqda.

Top